Otabek Shukurov yangi jamoasida tibbiy ko'rikdan o'tdi

Alisher
28 iyul 2022
"Fatix Karagyumruk"ning yangi o'zbekistonlik futbolchisi Otabek Shukurov tibbiy ko'rikdan o'tdi.

"Yangi transferimiz bo'lmish Otabek Shukurov "Liv Hospital Vadistanbul"da tibbiy ko'rikdan o'tdi", - deyiladi klub xabarida.

Eslatib o'tamiz, turk klubi kecha o'zbekistonlik futbolchining transferini e'lon qilgan edi.

Otabek Shukurov o'tgan mavsum "Sharja" tarkibida 24ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi. U 2017 yildan buyon sharjaliklar tarkibida o'ynab kelayotgandi.

 


AlisherMuallif
Manba: karagumruk.com