O'smirlarimiz bugun Turkiyaga qarshi "Jar"da maydonga tushadi

Khoja
11 okt 2025
Bugun O'zbekiston U-17 terma jamoasi Turkiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Uchrashuv 17:00 da "Jar" stadionida start oladi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-17 terma jamoasi noyabr oyida bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Islom Ismoilov shogirdlari ushbu musobaqaning guruh bosqichida Panama, Paragvay va Irlandiya o'smirlar termasiga qarshi maydonga tushadi.




KhojaMuallif
Manba: championat.asia