“O'rgimchak” kamera yana ishlay boshlaydi

Xabaringiz bor, 2011 yildan boshlab “Nasaf” jamoasining Qarshida o'tayotgan barcha uchrashuvlari Germaniyadan keltirilgan KTS(ko'chma televizion stanciyasi) tomonidan o'ta yuqori sifatda tasvirga olinmoqda.
Shu vaqt oralig'ida KTS xodimlari tomonidan nafaqat jamoamiz ishtirokidagi bellashuvlar, balki viloyatimiz va mamlakatimiz miqyosida o'tkazilayotgan yirik tadbirlar ham videotasvirga olinib, TV kanallari orqali yurtdoshlarimizga taqdim etilmoqda. Birgina shu yilning o'zida O'zbekiston milliy terma jamoasining JCH saralashi doirasida Toshkentda o'tgan barcha uchrashuvlari, shuningdek “Asrlar sadosi” festivali, “Bilayn” kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan “Zo'r-zo'r star” loyihasi ham aynan “Nasaf” KTS tomonidan tasvirga olindi. Ikkinchi davraning ilk uchrashuvi – “Nasaf”- “Guliston” bahsi ham KTS tomonidan tasvirga olingan bo'lsada, shu kuni KTSning yuqoridan tasvirga oluvchi maxsus “o'rgimchak- kamera”si (pauk) ishlatilmadi. Bu esa muxlislarning xavotiriga sabab bo'ldi. Ma'lum bo'lishicha, kuni kecha ushbu uskunlarni “Markaziy” stadionga o'rnatgan moskvalik mutaxassislar Qarshiga tashrif buyurishgan va profilaktika ishlari olib borilgan. Natijada muxlislar O'zbeksiton kubogi yarim final javob o'yinidan o'rin olgan “Nasaf”- “Paxtakor” uchrashuvini bevosita stadiondagi ulkan monitorlar orqali ham kuzatib borish imkoniyatiga ega bo'lishadi. Sho' o'rinda yana bir yangilik: jamoamizning “Paxtakor” ga qarshi uchrashuvninig ertasigayoq (23 avgust) kuni “Nasaf” KTS Samarqandga jo'nab ketadi va “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali tantanalarini tasvirga oladi.

Manba: fcnasaf.uz