OPL. "Sabah" o'z uyida "Gabala"ga 7 ta gol urdi va chempionlik uchun yanada dadil qadam tashladi

Alisher Ostonov
10 mar 2026
Ozarbayjon Premer-ligasi 23-tur doirasidagi "Sabah" - "Gabala" o'yini bo'lib o'tdi.

"Sabah" safida o'zbekistonlik yarim himoyachi Umarali Rahmonaliev asosiy tarkibda maydonga tushdi va 67-daqiqada almashtirildi.

Bahs esa mezbonlarning 7:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

“Sabah” Ozarbayjon chempionatida 23 o'yindan so'ng 56 ochko jamg'argan holda yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o'rindagi “Qorabog'” 22 o'yinda 49 ochko jamg'argan.


10 mar 2026, 20:15
Sabah — Qabala
7 – 1
Tugadi





Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia