OKMK "Neftchi"ning OCHLdagi antirekordini takrorladi

Iskandarov Abdulaziz
4 dek 2023
Olmaliqning OKMK jamoasi OCHL guruh bosqichidagi ishtirokini yakunladi.

Mirjalol Qosimov shogirdlari guruhdagi barcha o'yinlarda mag'lubiyatga uchradi va shu tariqa "Neftchi"ning OCHLdagi antirekordini takrorladi. 

Jamoaning guruhdagi barcha natijalari

“Al Ittihod”  - OKMK 3:0

OKMK – "Eyr Fors" 1:2

OKMK - "Sepaxon" 1:3

"Sepaxon" - OKMK 9:0  

OKMK - "Al Ittihod" 1:2

"Eyr Fors" - OKMK 3:2

2004 yilgi OCHL guruh bosqichida "Neftchi" barcha 6ta o'yinni mag'lubiyat bilan tugatgan. 5ta gol urgan va 18ta to'p o'tkazib yuborgan, - 13. Olmaliqliklarda esa to'plar nisbati -17 ko'rinishini oldi. Shuningdek, OKMK OCHLda o'zbek klublari orasida guruh bosqichida darvozasidan eng ko'p gol o'tkazgan jamoaga aylandi ( 22ta).  Tasodifni qarangki, o'shanda "Neftchi"ning asosiy raqiblari "Sepaxon" va "Al Ittihod" bo'lgan.

"Neftchi"ning 2004 yil guruh bosqichidagi natijalari

"Sepaxon" - "Neftchi" 4:0

"Neftchi" - "Al Ittihod" 1:3

"Al Arabi" - "Neftchi" 3:2

"Neftchi" - "Sepaxon" 1:3

"Al Ittihod" - "Neftchi" 3:0

"Neftchi" - "Al Arabi" 1:2

Avvalroq jamoa 4-turda "Sepaxon"ga 0:9 hisobida mag'lub bo'lib, G'arb mintaqasida qayd etilgan eng yirik hisob sifatida tarixga kirgandi. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia