OK-2023. Yazan Al Naymat – 2-turning eng chiroyli goli muallifi

Sherzod Nurmatov
22 yanv 2024
Osiyo Kubogi-2023 musobaqasida 2-tur bellashuvlari yakuniga etdi.

Championat.asia sayti o'tkazilgan bahslar asosida tur laureatlarini aniqlamoqda. Endi navbat tur goliga. 

Iordaniya a'zosi Yazan Al Naymatning Koreya Respublikasi darvozasiga kiritgan to'pi saytimiz talqiniga ko'ra 2-turning eng chiroyli goli (VIDEO) deb topildi.

Hujumchi to'pni to'xtatmasdan zarba yo'lladi va pastki burchakka yo'naltirdi, uning zarbasidan keyin koreyaliklar posboni ojiz qoldi.



Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia