OFK Kubogi. G'arbiy Osiyo mintaqasida pley-offchilar ma'lum

Xayrulla Xoliqov
28 may 2021, 10:17
Nufuzi jihatdan OCHLdan keyingi o'rinda turadigan OFK Kubogining guruh bosqichi jamoalarni beshta mintaqaga bo'lgan holda o'tkazilmoqda.

G'arbiy Osiyo mintaqasi - "A", "B", "C" guruhlari

Janubiy Osiyo mintaqasi - "D" guruhi

Markaziy Osiyo mintaqasi - "E", "F" guruhlari

ASEAN mintaqasi - "G", "H", "I" guruhlari

Sharqiy Osiyo mintaqasi - "J" guruhi


6ta jamoa keyingi bosqichda

Dushanbe shahrida o'tkazilgan markazlashgan musobaqada "Nasaf" o'z guruhida birinchi o'rinni egallab 1/8 finalga yo'l oldi. "Nasaf"ning keyingi bosqichdagi raqibi Turkmaniston klubi "Ahal" bo'ladi. 

Kecha G'arbiy mintaqada ham guruh o'yinlari o'z yakuniga etdi. Guruh natijalariga ko'ra, keyingi bosqichga chiqqan to'rtta klub va pley-off juftliklari ma'lum bo'ldi. 


"A" guruhi: "Al Ahed" (Livan), "Al Hidd" (Bahrayn), "Al Vahda" (Suriya).

O'yinlar Bahraynda o'tkazildi. Livanning "Al Ahed" klubi keyingi bosqichga yo'l oldi.  

21 may. "Al Vahda" - "Al Ahed" 0:0

24 may. "Al Hidd" - "Al Vahda" 1:1

27 may. "Al Ahed" - "Al Hidd" 2:1


"B" guruhi: "Al Salt" (Iordaniya), "Markaz Balata" (Falastin), "Al Ansar" (Livan), "Al Muharraq" (Bahrayn).

O'yinlar Iordaniyada o'tkazildi. Guruhdan Bahraynning "Al Muharraq" va Iordaniyaning "Al Salt" klublari keyingi bosqichga yo'l olishdi. 

21 may. "Al Salt" - "Al Muharraq" 0:1

21 may. "Markaz Balata" - "Al Ansar" 0:2

24 may. "Al Muharraq" - "Markaz Balata" 2:3

24 may. "Al Ansar" - "Al Salt" 1:2

27 may. "Al Ansar" - "Al Muharraq" 1:2

27 may. "Al Salt" - "Markaz Balata" 5:0


"C" guruhi: "Tishriin" (Suriya), "Markaz shabab Al Amari" (Falastin), "Al Faysali" (Iordaniya), "Quvayt SK" (Quvayt).

O'yinlar Iordaniyada o'tkazildi. Guruhdan "Quvayt SK" keyingi bosqichga yo'l oldi.  

21 may. "Tishriin" - "Quvayt SK" 3:3

21 may. "Al Faysali" - "Markaz shabab Al Amari" 2:0

24 may. "Quvayt SK" - "Markaz shabab Al Amari" 4:1

24 may. "Al Faysali" - "Tishriin" 1:0

27 may. "Tishriin" - "Markaz shabab Al Amari" 5:1 

27 may. "Al Faysali" - "Quvayt SK" 0:1



Pley-offda kimlar o'ynaydi?

"Nasaf" Markaziy Osiyo g'olibini aniqlash uchun OFK Kubogi pley-off bosqichida Turkmanistonning "Ahal" klubiga qarshi bahs olib boradi. G'arbiy Osiyo mintaqasida ham guruh uchrashuvlari o'z yakuniga etgach, pley-offchilar ma'lum bo'ldi. Livanning "Al Ahed" klubi Bahraynning "Al Muharraq" jamoasi bilan kuch sinashsa, Iordaniyaning "Al Salt" klubi Quvaytning "Quvayt SK" jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Chempionlikka davogar sifatida qaralgan "Al Faysali" (Iordaniya) guruhdan chiqa olmadi.


Boshqa mintaqalarda nima gap?

Endilikda yana 3ta mintaqada o'yinlarni o'tkazib olish qolyapti: Janubiy Osiyo, ASEAN va Sharqiy Osiyo mintaqalari. Sharqiy Osiyodagi guruh o'yinlariga Gonkong mezbonlik qiladi. Lekin qolgan 4ta guruh bahslari qayerda bo'lib o'tishi hali ma'lum emas. 

"D" guruhi: "Moxun Bagan" (Hindiston), "Bashundxara Kings" (Bangladesh), "Maziya" (Maldiv), Pley-off g'olibi.

Guruh o'yinlari 30 iyun - 6 iyul oralig'ida o'tkaziladi. O'yinlar qayerda bo'lishi ma'lum emas.

"G" guruhi: "Xanoy" (Vetnam), "Bali Yunayted" (Indoneziya), "Boeing Ket" (Kambodja), Pley-off g'olibi.

Guruh o'yinlari 30 iyun - 6 iyulga belgilangan. O'yinlar qayerda bo'lishi ma'lum emas. 

"H" guruhi: "Kedah Darul Aman" (Malayziya), "Lion Siti" (Singapur), "Saygon" (Vetnam), "Persipura Jayapura" (Indoneziya).

Guruh o'yinlari 29 iyun - 5 iyul oralig'ida o'tkaziladi. O'yinlar qayerda bo'lishi ma'lum emas. 

"I" guruhi: "Kaya Iloylo" (Filippin), "Terengganu" (Malayziya), "Geylang Interneshnl" (Singapur).

Guruh o'yinlari 30 iyun - 6 iyul oralig'ida bo'ladi. O'yinlar qayerda bo'lishi ma'lum emas.

"J" guruhi: "Istern" (Gonkong), "Taynan Siti" (Xitoy Taypeyi), "Atletik 220" (Mo'g'uliston), "Li Man" (Gonkong).

Guruh o'yinlari 23 iyun - 29 iyun oralig'ida Gonkongda o'tkaziladi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia