O'FF ro'yxatiga kirib qolgan Valter Maccarrining “Torino”dagi debyuti chakki emas

6 yanv 2018, 23:01
Italiya A seriyasining 20-turiga kelib biryo'la to'rt klub hisobida 28 tadan ochko bor. Ulardan biri “Torino”.

Birinchi davrani 12-o'rinda yakunlagan turinliklar jamoaga boshchi sifatida Valter Maccarrini taklif qildi. Vaholanki, Maccarriga bunga qadar O'zbekiston futbol federatsiyasi ham qiziqish bildirayotgandi. O'FF matbuot xizmati taqdim etgan 9 kishilik ro'yxat Maccarrining shartnomasidan keyin bittaga qisqardi.

“Torino”dagi debyut omadli keldi va klub Maccarri bilan ilk o'yindayoq yirik g'alabani qo'lga kiritdi. Bunga qadar turinliklar ishtirokidagi 3 ta yirik natija kuzatilgan bo'lib, shularning 2 tasida “Torino” imkoniyatni boy bergandi: “Yuventus” 0:4, “Fiorentina” 0:3. Qolaversa, “Bolonya”ga qarshi birinchi davra o'yinida g'olibni aniqlashning imkoni bo'lmagandi - 1:1. Maccarrri esa jamoani qayta “uyg'otgandek”.

Ayni vaqtda “Milan”dan oldinroqda turgan “Torino” navbatdagi turni 21 yanvar kuni “Sassuolo” maydonida o'tkazadi. O'sha uchrashuvdagi ehtimoliy g'alaba klubni A seriyaning oltinchi jamoasiga ham aylantirib qo'yishi mumkin.


Manba: championat.asia