"O'FF Prezidenti kubogi" musobaqasida 4-tur uchrashuvlari ortda qoldi

Narzulla Saydullayev
6 dek 2025, 15:03
Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sport zalida futzal bo'yicha "O'FF Prezidenti kubogi – 2025/2026" musobaqasining 4-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

4-tur uchrashuvlari gollarga boy bo'ldi. Yirik hisoblar ham qayd etildi. Turga jamoalar turlicha kayfiyatda yetib kelganligi ma'lum bo'lib qoldi.

BMB hamda "Istiqlol" jamoalari o'rtasidagi o'yinda jangovar durang qayd etildi. "Bojxona" IMV jamoasini, "Kamol Construction" esa "Olimpik" jamoasini yirik hisobda dog'da qoldirdi.  "Bahrayn–2025" musobaqasida qatnashgan o'smirlar terma jamoasi a'zolaridan shakllangan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi esa ikkinchi turki, muxlislarini xursand etmoqda. Bugun iqtidorli o'smir yoshlarimiz TATUdan ustun keldi. SQB jamoasi esa aksincha, ketma ket ikkinchi o'yinni yutqazib qo'ydi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: t.me/Futsal_Uzbekistan