

Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi o'z munosabatini bildirdi.
O'FA vaziyatni nazoratga oldi
Tashkilot "Olimpik" klubi a'zolarining maosh bilan bog'liq videomurojaatini diqqat bilan o'rganib chiqayotganini ma'lum qildi. Qayd etilishicha, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi futbolchilar va murabbiylarning huquqlarini doimo qo'llab-quvvatlaydi.
Keyingi qadamlar qanday?
Klub a'zolarining qonuniy talablari belgilangan tartibda va adolatli ko'rib chiqiladi. Jarayonning borishi va uning yakuniy natijalari yuzasidan tez kunlarda jamoatchilikka qo'shimcha ma'lumot taqdim etilishi takidlandi.



