OCHL. "Nasaf" Saudiya Arabistonidagi so'nggi mashg'ulotini o'tkazdi

Alisher
27 apr 2022, 11:17
Bugun "Nasaf" klubi OCHL 6-turi doirasida "Al Vihdat"ga qarshi o'yin o'tkazadi.

"Nasaf" Iordaniya klubiga yirik hisobda yutqazmasa, Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi jamoa o'z tarixida ilk bor ushbu musobaqada guruhdan chiqadi.

Eslatib o'tamiz, G'arb mintaqasida pley-off bosqichi 2023 yilning fevral oyida bo'lib o'tadi. Agar "Nasaf" guruhdan chiqsa yangi yilni juda barvaqt boshlashiga to'g'ri keladi. Nimchorak, chorak va yarim final bahslari juda katta ehtimol markazlashgan holda o'tkaziladi.

G'arb mintaqasi
1/8 final - 3-4 fevral
1/4 final - 7 fevral
1/2 final - 10 fevral
Final - 19 va 26 fevral





FOTOGALEREYA. "Nasaf"ning Dammamdagi mashg'uloti (26.04.2022)  


AlisherMuallif
Manba: championat.asia