OCHL. Dastlabki finalda "Vestern Sidney" "Al Hilol"ni mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
25 okt 2014, 15:25
Bugun Osiyo chempionlar ligasining dastlabki final o'yini bo'lib o'tdi.
Avstraliyaning "Vestern Sidney" klubi o'z uyida Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubini qabul qildi.

Bugungi bahs taqdirini bitta gol hal qildi. 58-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan mezbonlar hujumchisi Tomi Jurich oradan 6 daqiqa o'tib Al Sdairi darvozasini ishg'ol qildi - 1:0.

Javob uchrashuvi 1 noyabr kuni Ar Riyodda bo'lib o'tadi.

"Vestern Sidney" - "Al Hilol" 1:0
25 oktyabr 2014. Sidney. "Parramatta" stadioni. 13:30

Gol: Jurich 64
"Vestern Sidney": Chovich, Mallen, Topor Stenli (S), Xamill, Golec, Polchak (Spiranovich, 76), La Rokka, Brij, Koul (Viktor Saba, 83), Santalab (Jurich, 58), Xaliti.
"Al Hilol": Al Sdairi, Al Zori, Digao, Kvak Tae Xvi, Al Shahrani, Kriri, Pintilili, Al Faraj (Al Abid, 80), Tiago Neves (Al Salem, 90+2), Al Dossari, Al Shamroni.
Ogohlantirishlar: Polchak 31, Santalab 43, Al Sdairi 53, Tiago Neves 74.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia