OCHL-2017. “Al-Fath” – “Nasaf” uchrashuvi hakamlari

Narzulla Saydullayev
2 fev 2017
Osiyo chempionlar ligasi saralash bosqichi doirasidagi “Al-Fath” (Saudiya Arabistoni) – “Nasaf” (O'zbekiston) uchrashuvini boshqaradigan hakamlar nomi aniq bo'ldi.

Ushbu uchrashuvni janubiy koreyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Avval xabar qilganimizdek, ushbu uchrashuv 7 fevral seshanba kuni  Saudiya Arabistonining Al-Axsa shahridagi, “Abdulla Bin Jalavi” stadionida soat 20:00da boshlanadi.

Uchrashuv bosh hakami etib, Ko Xyuing Jin tayinlangan. Unga qanotlarda hamyurtlari Park Sangjun  va Song Bongkyunlar yordam berishadi.

Uchrashuvda to'rtinchi hakam sifatida yana bir koreyalik hakam Kim Visung  ishlaydi.

Uchrashuv nazoratchisi Abdul Karim Said Husayniy, Iordaniyadan. Kemel Tuqabaev uchrashuvda komissarlik qiladi, Qirg'izistondan.

OCHL-2017 saralash bosqichi uchrashuvi
“Al-Fath” (Saudiya Arabistoni) – “Nasaf” (O'zbekiston)
“Abdulla Bin Jalavi” stadioni. Soat 20:00da
Bosh hakam:
Ko Xyuing Jin (J.Koreya)
Qanot hakamlari: Park Sangjun, Song Bonkyun (ikkalasi ham J.Koreyadan)
Zaxira hakami: Kim Vusang (J.Koreya)
Uchrashuv nazoratchisi: Abdul Karim Said Husayniy (Iordaniya)
Uchrashuv komissari: Kemel Tokabaev (Qirg'iziston)


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz