APL. "Nyukasl" o'z uyida "Chelsi"ni ishonchli hisobda mag'lub etib, uchinchi o'ringa chiqib oldi, "aristokratlar" birinchi bo'limda o'n kishi bo'lib qolishdi

Alisher Ostonov
11 may 2025
APL 36-tur doirasidagi "Nyukasl" - "Chelsi" o'yini bo'lib o'tdi.

O'yinning 2-daqiqasidayoq mezbonlar xavbeki Sandro Tonali hisobni ochdi. 35-daqiqada esa Nikolas Jekson maydondan chetlatildi. "Nyukasl" 90-daqiqada Bruno Gimaraeshning goli evaziga hisobni ishonchli ko'rinishga olib keldi.

Ushbu bahsdan so'ng mezbonlar 66 ochko bilan uchinchi o'ringa chiqib olishdi, "Chelsi" esa 63 ochko bilan beshinchi o'rinda joylashgan.


11 may 2025, 16:00
Newcastle United — Chelsea
2 – 0
Tugadi





Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia