"Nottingem"ni boshqarishga rozi bo'lgan murabbiy bor

Mirjalol Normatov
12 fev 2026
"Nottingem"ning ushbu mavsumdagi to'rtinchi murabbiyi Vitor Pereyra bo'lishi mumkin.

"Sky Sports" ma'lumotiga ko'ra, ushbu mutaxassis Shon Daychdan qolgan bosh murabbiylik postini egallashga rozilik bildirgan.

Pereyra ushbu mavsumda APLda ishlashga ulgurdi. U bungacha "Vulverxempton"ni boshqargan va "bo'rilar" uning qo'l ostida 10 turda 2 ochko jamg'argandi. Shundan keyin murabbiy iste'foga chiqarilgan.

Ayni damda "Nottingem" 26 o'yinda 27 ochko jamg'argan holda APL turnir jadvalida 17-o'rinda bormoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports