Angliya kubogi. "Manchester Siti" "Nottingem Forest"ni mag'lub etib, finalga yo'l oldi. Bosh sovrin uchun raqib - "Kristal Pelas"

Alisher Ostonov
27 apr 2025
Angliya kubogi yarim final doirasidagi "Nottingem Forest" - "Manchester Siti" o'yini bo'lib o'tdi.

"Shaharliklar" ushbu o'yinda 2:0 hisobida raqibni taslim etishdi. Gollarga Riko Lyuis va Yoshko Gvardiol mualliflik qildi. "Siti"ning o'zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov zaxirada qoldirildi.

Angliya kubogi finali 17 may kuni "Uembli" stadionida "Man Siti" va "Kristal Pelas" o'rtasida bo'lib o'tadi.




Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia