

90-daqiqada Aleksis Makallister gol urdi, ammo u VAR orqali to'p qo'lga tekkan deb topilib, bekor qilindi. Argentinalik futbolchi baribir o'z maqsadiga erishdi, xavbek 90+7 daqiqada raqib darvozasini ishg'ol qilib, mersisaydliklarga muhim g'alabani taqdim etdi.
"Liverpul" APLda 27 o'yinda 45 ochko jamg'argan holda oltinchi o'rinda bormoqda, "Nottingem" esa 27 ochko bilan o'n ettinchi o'rinda joylashgan.





