

Bu haqda London klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Zinchenko 2022 yilning yozida "Manchester Siti"dan "Arsenal"ga o'tgan. U "kanonirlar" safida 3 mavsum davomida jami 91 rasmiy o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
28 yoshli futbolchi o'tgan mavsum Angliya Premer-ligasida 15 o'yinda qatnashib, 1 ta golga assistentlik qilgan. Zinchenko joriy chempionatda hali maydonga tushmagandi. Uning bozor narxi 28 mln evroga baholangan.



