Noil Gubanov "Neftchi"dan ketmagan

Narzulla Saydullayev
5 dek 2013
Farg'onaning "Neftchi" jamoasida keyingi yil katta o'zgarishlar yuz berishi kutilmoqda.
Sababi shu yilning oxirida shartnomasi yakuniga etadigan o'yinchilar soni ko'pchilikni tashkil etadi. Ularning ko'pchiligi katta extimol bilan boshqa jamoalarning taklifini ko'rib chiqmoqda.

Shuningdek murabbiylar shtabida ham o'zgarish bo'lsa ajab emas. Yaqinda "FE" gazetasiga ushbu klub murabbiyi Noil Gubanov intervyu berib, jamoaning ichki siyosati haqida dilidagi gaplarni aytib o'tgandi. Unda bosh murabbiy Amet Memetning ish uslubi ancha eskirgan degan mazmunda aytgandi. Gubanovning ushbu achchiq gaplari tabiiyki klub ijrochi rahbarlarini qoniqtirmasligi turgan gap edi. E'tiborlisi Noil Gubanovning o'zi ham intervyu berayotgan chog'ida buni juda yaxshi tushunib etgan va ishdan kyetish xavfi borligini aytib o'tgandi.

Muxlislar orasida ham Gubanovning "Neftchi"dan ketganligi to'g'risida gap-so'zlar urchiy boshladi. Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida klub matbuot kotibi bilan bog'langanimizda, Gubnovning amalda dekabr oyining so'nggi kuniga qadar shartnomasi borligini, shuning uchun murabbiy hamon "Neftchi" a'zosi ekanligini aytib, klubdan rasman ketmaganini ma'lum qildi.

"CA"ga yetib kelgan so'nggi norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, Gubanov o'sha intervyusidan keyin viloyat hokimining qabulida bo'lgan va uning kelgusi yilda ham jamoada ishlashi kerakligi oydinlashgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: