Neymar so'nggi 2,5 yil ichida ilk bor maydondan chetlatildi

Alisher
24 fev 2020
PSJ hujumchisi Neymar Fransiya chempionati doirasidagi "Bordo" (4:3)ga qarshi o'yinda chetlatildi.

28 yoshli braziliyalik o'yinchi birinchi taymning so'nggida hakam Villi Delajo tomonidan sariq kartochka bilan "siylandi".

O'yinning so'nggida esa raqib xavbeki Yasin Adliga nisbatan ishlatgan qo'polligi uchun maydondan chetlatildi.

Bu Neymarning joriy mavsumdagi ilk qizil kartochkasi. Futbolchi 2017 yilning oktyarb oyidan buyon ilk bor maydondan chetlatildi.




AlisherMuallif
Manba: rmcsport.bfmtv.com