Nematillo Quttiboev: "Cementchi" Birinchi ligada raqobat yarata oladi"

Khoja
27 apr 2024
O'zbekiston kubogining 3-turidan o'rin olgan "Aral" - "Cementchi" (9:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Nematillo Quttiboev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

" Bunday o'yinlardan keyin biron fikr aytish qiyin. Uchrashuvning dastlabki qismida himoya chizig'ida o'yinimiz qovushmadi. Keyinroq gollar urishni boshladik, uzatmalarimiz o'xshadi. Yigitlar o'yindan avval va o'yin davomida berilgan ko'rsatmalarni yaxshi bajarishdi.

"Cementchi" tarkibida tezkor futbolchilar bor ekan. Ular Birinchi ligada bemalol raqobat yarata olishlariga ishonaman" - deydi nukusliklar ustozi.



KhojaMuallif
Manba: championat.asia