Nematillo Quttiboev: "Bizga katta futbol kerak

Aslanov Jasurbek
15 apr 2024, 21:20
O'zbekiston Kubogi guruh bosqichi 1-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Aral" uchrashuvidan (0:2) so'ng, mehmonlar ustozi Nematillo Quttiboev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- "Xorazm"ga qarshi uchrashuvlar biz uchun derbi hisoblanadi. O'tgan mavsum ikkita bahsda durang qayd etildi. Raqibning o'yinini chuqur o'rgandik. Bahs qiziqarli o'tdi deb o'yayman. Birinchi golni urib olganimizdan so'ng, qarshi hujumda o'ynashga qaror qildik.

Bugun rotaciya qilishga qaror qildik. Salamat va yana 6 nafar asosiy tarkib vakili maydonga tushmadi. Bazi futbolchilarimizda esa jarohat bor.

- "Aral" o'z oldiga qanday maqsad qo'ygan?

- Biz har bir bahsda g'alaba qozonishni xohlaymiz. Muxlislarimizni xursand ko'rishni istaymiz.

- Bizning futboldan nega yangi Nematillo Quttiboevlar chiqmayapti?

- Bizga katta futbol (Superliga) kerak. Masalan, "Xorazm" oliy ligada o'ynagan kezlari Masharipov, Iskanderov kabi iqtidorlar porlagan. Bizda ham Superligada jamoa bo'lishi kerak. Bizning jamoalarda ham yaxshi yigitlar bor.




Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia