"Navbahor"da turkmanistonlik murabbiy amaliyot o'taydi

Sherzod Nurmatov
12 fev 2024, 12:15
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

"Turkmaniston olimpiya terma jamoasi murabbiyi Ahmad Agamurodov joriy yilning 9-15 fevral kunlari PRO licenziyasini qo'lga kiritish uchun "Navbahor"da amaliyot o'taydi.

Jamoamiz ushbu hamkorlikdan mamnunligini bildiradi", – deyiladi namanganliklar xabarida.



Eslatib o'tamiz, Ahmad Agamurodov 2022 yil U-23 Osiyo Kubogida Turkmanistonga ustozlik qilgan edi. Uning jamoasi chorak finalda Avstraliyaga yutqazib (0:1), musobaqadagi ishtirokini yakunlagan edi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати