"Nasaf", OKMK va "Navbahor" OFKdan 60 ming dollardan oladi...

Tolibjon Qosimov
18 sen 2023, 18:49
Xabaringiz bor, bugun Osiyo yashil maydonlarida Chempionlar ligasining guruh bosqichiga start beriladi.

O'zbek klublaridan uchtasi OCHLdagi yurishini bugun boshlaydi. "Nasaf", OKMK hamda "Navbahor" mehmonda to'p tepadi.

OFK musobaqada safarda o'ynaydigan jamoalarga ma'lum miqdorda pul to'lab beradi. Demak, "Nasaf" Iordaniyaga, OKMK va "Navbahor" Saudiya Arabistonidagi safar o'yini uchun OFKdan 60 ming dollardan pul oladi.

OKMK va "Navbahor" guruh bosqichiga chiqish uchun saralashning pley-offida Qatarga borib safarda o'ynagani uchun OFKdan 40 ming dollardan pul olgan.


OFK safar o'yinlari uchun jamoalarga to'lab beradigan pul:

- Saralashning o'tish bosqichi: 40 ming dollar;

- Saralashning pley-off bosqichi: 40 ming;

- Guruh bosqichi: 60 ming;

- Nimchorak final: 60 ming;

- Chorak final: 60 ming;

- Yarim final: 60 ming;

- Final: 120 ming dollar.


OFK guruh bosqichi, nimchorak final, chorak final va yarim finaldagi har bir o'yin uchun klublarga to'lab beradigan summa:

- G'alaba qozongan jamoaga: 50 ming dollar;

- Durang uchun har bir jamoaga: 10 mingdan.


OFK pley-offning har bir bosqichi uchun klublarga to'lab beradigan summa:

- Nimchorak finalga chiqqan jamoalarga: 100 ming dollardan;

- Chorak finalga chiqqan jamoalarga: 150 mingdan;

- Yarim finalga chiqqan jamoalarga: 250 ming dollardan.


OFK OCHL g'olibiga 4 mln dollar, vice-chempion jamoaga esa 2 mln dollar pul to'lab beradi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia