"Nasaf" OCHL chorak finalida Avstraliya jamoasi bilan to'qnash keladi

Sherzod Nurmatov
15 yanv 2026, 12:26
OFK Ayollar Chempionlar Ligasi chorak final bahslari uchun qur'a tashlash marosimi tashkil qildi.

Unga ko'ra, "Nasaf" Avstraliyaning "Melburn Siti" jamoasi bilan uchrashadigan bo'ldi. 

Chorak final bahsi bitta o'yindan iborat bo'ladi va 28-29 mart kunlari bo'lib o'tadi. Agar "Nasaf" chorak finalda g'alaba qozonsa, 20-23 may kunlari o'tadigan 4 jamoa ishtirokidagi final bosqichiga yo'l oladi va o'yinlarni Qarshida qabul qilish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Musobaqa g'olibiga 1 million dollar mukofot puli beriladi. 

Shuningdek, turnir g'olibi FIFAning yangi tashkil qilingan ayollar o'rtasidagi Klublar Jahon chempionatiga ham yo'l oladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia