

"Nasaf" klubi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, jamoa a'zolari qisqa muddatlik tatildan qaytishgan va mashg'ulotlarni boshlashgan. O'tgan mavsumni boshqa klublarda o'tkazgan ijaradagi futbolchilar ham klubning Qarshi shahridagi qarorgohida "Nasaf" tarkibida mashg'ulot olib borishmoqda.





