"Nasaf" bugun yolg'iz emas

Iskandarov Abdulaziz
15 sen 2025
Xabaringiz bor, Qarshining "Nasaf" jamoasi bugun Elit OCHLdagi yurishini boshlaydi.

Saudiya Arabistoninng "Al Ahli" jamoasi mehmoni bo'ladigan "ajdarlar"ning uchrashuvini yoritish uchun saytimizning ikki nafar vakili Jahongir Fayzullaev va Kamoliddin Alimov Jiddaga yo'l olishgan. Ma'lumotlarga qaraganda, bu o'yinga "Nasaf" fan klubining tashrifi amalga oshgani yo'q. Lekin Qarshi jamoasi bugun yolg'iz qolmaydi, o'sha yerda bo'lib turgan 40 nafar hamyurtimiz "Nasaf"ni bevosita stadiondan qo'llab-quvvatlashga shay turishibdi. Bu haqida saytimizga mutaxassis Ulug'bek Mirzaev xabar berdi. 

Eslatib o'tamiz, bahs Toshkent vaqti bilan soat 23:15 da "Qirol Abdulla"da start oladi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia