​"Napoli" Osimxen o'rnini kim bilan to'ldirishi ma'lum

Sherzod Nurmatov
12 may 2025
Insayder Fabricio Romano xabariga ko'ra, "Napoli" "Lill"ning 25 yoshli hujumchisi Jonatan Devid bilan dastlabki muzokaralarni olib bormoqda, uning shartnomasi shu yozda yakunlanadi.

Neapol klubi allaqachon Devidga taklif bilan chiqqan. 

Avvalroq OAV kanadalik futbolchining "Lill" bilan bitimni uzaytirish niyatida emasligi haqida xabar bergandi.

Shuningdek, "Napoli" hozirda ijara asosida "Galatasaroy"da to'p tepayotgan hujumchi Viktor Osimxenni sotishni rejalashtirayotgani qayd etilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano