"Napoli" "Liverpul" futbolchisini ijaraga olmoqchi

Sherzod Nurmatov
29 iyul 2025, 20:25
Italiya terma jamoasi a'zosi Federiko Keza A Seriyaga qaytishga yaqin turibdi.

"Napoli" vingerni "Liverpul"dan 9 million evroga sotib olish imkoniyati bilan 1 mavsumga ijaraga olmoqchi.

Keza o'tgan yili "Yuventus"dan "Liverpul"ga 12 million evaziga o'tgandi, biroq "qizillar" safida bor-yo'g'i 14 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: mondonapoli.it