"Napoli" "Jirona"dan 20 mlnlik transferni amalga oshirdi

Administrator
19 avg 2025
Migel Guterres "Napoli" jamoasi safiga qo'shildi.

Neapol klubi "Jirona"ning 24 yoshli himoyachisi bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

The Athletic nashrining xabariga ko'ra, kelishuv summasi 18 million evroni tashkil etgan. Yana 2 million evro bonus sifatida to'lanishi mumkin.

Guterres La Liganing o'tgan mavsumida 29 ta o'yinda ishtirok etib, 1 ta gol urdi va 5 ta gol uzatmasini bajargan.


AdministratorMuallif
Manba: sscnapoli.it