MYUning sobiq futbolchisi "Kopengagen"ga o'tdi

Mirjalol Normatov
21 dek 2018
Himoyachi Gilerme Varela "Penyarol"dan "Kopengagen"ga o'tdi.

 Bu haqda Daniya klubi matbuot xizmati xabar bermoqda. 25 yoshli futbolchi "Kopengagen" bilan 2022/2023 yilga qadar shartnoma imzolagan. U yangi jamoasida 2-raqamda faoliyatini davom ettiradi. Urugvayli yangi yildan keyin "Kopengagen"da o'ynaydi.

2013-2017 yillar davomida uning transfer huquqi "Manchester Yunayted"ga tegishli edi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports