MYU "Old Trafford"da navbatdagi antirekord o'rnatdi

Khoja
25 noya 2025
Opta statistik sayti xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" birinchi martda APL doirasida "Old Trafford"da raqib chetlatilgan bahsda mag'lub bo'ldi.

Manbaga ko'ra, "qizil iblislar" avvalgi o'yinlarning 36 tasida g'alaba qozongan, qolgan 10 tasida durang natija qayd etilgan.

Eslatib o'tamiz, kecha “Manchester Yunayted” o'z maydonida “Everton”ga 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Mehmonlar 13-daqiqada Idrissa Gue jamoadoshi Maykl Kinning yuziga zarba bergani uchun qizil kartochka olib, bir kishi kam bo'lib qolgandi.

"Manchester Yunayted" hozirda 18 ochko bilan APL turnir jadvalida 10-o'rinda bormoqda.


KhojaMuallif
Manba: Opta