MYU "Nyukasl" yetakchisi bilan bitim tuzishga yaqin

Sherzod Nurmatov
20 mar 2026
"Nyukasl" yarim himoyachisi Bruno Gimaraes "Manchester Yunayted"ga o'tishga yaqin turibdi.

"The Sun Football" ma'lumotiga ko'ra, "Manchester Yunayted" 28 yoshli braziliyalik markaziy yarim himoyachining transferi bo'yicha muzokaralarning yakuniy bosqichiga yetib keldi. 

Xabar qilinishicha, transfer summasi taxminan 69 million evroni tashkil etadi va bu summa "Nyukasl"ni qoniqtirmoqda.

Gimaraesning o'zi yozgi transfer oynasida klubni tark etishga qaror qilgan. U "Manchester Yunayted"da sovrinlar uchun kurashish imkoniyati "Nyukasl"ga nisbatan ancha yuqori deb hisoblamoqda.

Braziliyalik futbolchi joriy mavsum 35 o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 7 ta golli pas uzatdi. Uning "Nyukasl" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Sun Football