MYU Igaloning ijara muddatini uzaytirishga yaqin turibdi

Mirjalol Normatov
31 may 2020, 17:28
"Manchester Yunayted" hujumchi Odion Igalo bilan ijara shartnomasini uzaytirish niyatida.

Klublar ayni damda muzokara jarayonida bo'lib turibdi. "Sky Sports" ma'lumotiga ko'ra, MYU "Shanxay Shenxua" bilan ijara muddatini uzaytirish borasida kelishuvga erishishga yaqin turibdi.

Hozircha taklif qilinayotgan muddat yanvargacha, shundan keyin Odion "Shanxay"ga qaytib ketadi.

Igaloning ijara muddati 31 may kuniga qadar davom etadi. Shanxayliklar esa futbolchisini sotishni istashmayapti.

Eslatib o'tamiz, Igalo MYU tarkibida 8 o'yinda qatnashib, 4 gol va 1 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports