MYU "Barselona" darvozaboni bilan muzokaralarni boshladi

Tolibjon Qosimov
17 may 2019, 13:08
Agar David De Xea "Manchester Yunayted"ni tark etsa, klub "Barselona"dan Yasper Sillessenni sotib olishi mumkin.

30 yoshli Sillessen Kataloniya jamoasini o'yin amaliyoti yetishmasligi sabab tark etishi mumkin. Kecha MYU vakillari gollandiyalik bilan muzokara o'tkazish maqsadida Ispaniyaga yetib kelishgan.

Mankunianlar yozda jamoadan kyetishi mumkin bo'lgan De Xeaga munosib nomzod qidirishmoqda. Agar ispaniyalik posbon klub forvardi Aleksis Sanches darajasidagi maosh xohlasa, MYU futbolchi bilan yangi shartnoma imzolamasligi mumkin.

Joriy mavsumda, Yasper Sillessen "Barselona" safida 9ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol o'tkazib yuborgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Daily Record