Muhammad Odilov: "Zomin" Pro ligada ham munosib ishtirok etadi, deb o'ylayman"

Aslanov Jasurbek
11 okt 2021, 17:00
Jizzaxning "Zomin" jamoasi Birinchi liganing 21-turida o'z maydonida "Chig'atoy"ni 6:3 hisobida mag'lub etdi.

Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida mezbonlarning futbolchisi Muhammad Odilov fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'z maydonimizda "Chig'atoy"ni mag'lubiyatga uchratdik. Xudoga shukur Pro liga yo'llanmasiga ega chiqdik. Barch yigitlarga rahmat aytaman. Mavsum davomida har xil o'yinlar bo'ldi. Jamoamiz bilan yaxshi o'yinlar o'tkazdik. Ko'plab g'alabalarga erishdik. "Zomin" keyingi mavsum Pro ligada ham munosib ishtirok etadi, deb o'ylayman",- deydi Muhammad Odilov. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia