Mudrik ushbu mavsum maydonga qaytmaydi

Sherzod Nurmatov
27 yanv 2026
Vaqti-vaqti bilan internetda "Chelsi" vingeri Mixaylo Mudrikning doping mojarosi sababli chetlatilishi haqida turli ma'lumotlar paydo bo'lib turadi.

Biroq amalda vaziyat ancha murakkabroq.

Jurnalist Igor Ciganikning xabar berishicha, Mudrikning o'ziga antidoping qoidalarini buzgani uchun rasman ayblovlar 2025 yil 18 iyun kuni qo'yilgan. Shunga qaramay, diskvalifikaciya muddati 2024 yil dekabridan, yani vinger jamoadan chetlatilgan paytdan boshlab hisoblanmoqda.

Qoidabuzarlik uchun ikki yildan to'rt yilgacha diskvalifikaciya belgilangan. Shu sababli ukrainalik futbolchi uchun eng minimal muddat 2026 yilning dekabri hisoblanadi. Biroq Mudrikka, avvalroq Pol Pogbaga bo'lgani kabi diskvalifikaciya tugashiga 3 oy (yoki hatto 6 oy) qolganda jamoa bilan mashg'ulot o'tkazishga ruxsat berilishi mumkin.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Foot Africa