MLS. Iguainning xet-trigi ham jamoasiga g'alaba keltirolmadi

Eldor Akmurzayev
31 iyul 2022, 09:45
MLS navbatdagi turidan o'rin olgan “Inter Mayami” – “Cincinnati” uchrashuvida 8 ta gol urilda va 4:4 hisobi qayd etildi.

Ilk taymda mayamiliklar forvardi Gonsalo Iguain xet-trikka erishdi. U dastlabki golini jarima zarbasidan chiroyli tarzda urdi. Argentinalik musobaqa joriy mavsumida 16 o'yinda qatnashib, 7+1 ko'rsatkich qayd etmoqda.

“Inter Mayami” esa 22 bahsdan so'ng, 26 ochko bilan Sharqiy Konferenciyada 11-o'rinda bormoqda.



Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia

O'xshash yangiliklar