Mitomaning goli Yaponiyaga Angliya ustidan g'alaba keltirdi

Aslanov Jasurbek
1 apr 2026
Londondagi mashhur "Uembli" stadionida Angliya va Yaponiya milliy terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi yakunlandi.

Bahs kutilmagan natija - osiyoliklarning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan tugadi.

O'yindagi yagona gol 23-daqiqada kiritildi. "Brayton" yulduzi Kaoru Mitoma inglizlar darvozasini ishg'ol qilib, o'z jamoasiga tarixiy g'alabani taqdim etdi. Shotlandiyalik hakam Nik Uolsh boshqarib borgan bahsda "uch sherlar" vaziyatni o'nglay olishmadi.

Eslatib o'tamiz, JCH-2026 guruh bosqichida Angliya terma jamoasi "L" guruhida Xorvatiya, Gana va Panama bilan kuch sinashadi. Yaponiya esa Niderlandiya, Tunis va yana bir saralash orqali chiqadigan jamoa bilan bahs olib boradi.

Bo'lajak Jahon chempionati 2026 yil yozida AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo'lib o'tadi. Ayni damda amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi.

BATAFSIL


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia