Mirislom Hasanov: “Nurafshon" 4-o'ringa munosib jamoa emasdi"

Sherzod Nurmatov
21 noya 2021
Pro-liganing 24-turidan o'rin olgan "Nurafshon" - "Olimpik" (3:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirislom Hasanov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Muxlislardan uzr so'raymiz. "Nurafshon" to'rtinchi o'ringa loyiq jamoa emas edi. Omadimiz kelmadi, vaziyatlardan unumli foydalana olmadik. Hayot davom etadi, yigitlarga oxirigacha kurashganliklari uchun minnatdorchilik bildiraman. 

-  Murabbiylarning ketma-ket almashinuvi "Nurafshon" jamoasining omadsizlikka uchrashiga sababchi bo'ldi deb o'ylaysizmi?

- Ha, har bir murabbiy o'z uslubini qo'llaydi. Bu yigitlarga ta’sirini ko'rsatmasdan qolmadi.

- Kelgusidagi rejalar qanday? 

- Hozir bu borada biron gap aytish qiyin. Jamoa o'z maqsadi yo'lida olg'a davom etadi.

- Siz klub bosh murabbiyi lavozimida qolasizmi?

- Buni klub rahbariyati hal qiladi. Men U-18 jamoasida ishlab kelayotgandim. Taklif bo'lganida, qo'rqmasdan qabul qildim va ishladim. Yigitlarga kurashuvchan o'yin namoyish etganliklari uchun rahmat aytaman. Yana bir bor muxlislardan uzr so'raymiz.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia