Miloe Prekovich: "Dinamo" kamida durangga munosib edi"

Alisher
1 apr 2022, 10:04
Toshkentda kechgan "Bunyodkor" - "Dinamo" (2:1) uchrashuvidan so'ng samarqandliklar posboni Miloe Prekovich fikrlarini bildirib o'tdi.

Serbiyalik posbon shu kuni Ibrohim Tomivaning penaltisini qaytarish bilan birga muqarrar vaziyatlarda goldan qutqarib qoldi. 

"Superligada oson o'yin yo'q. Bunday o'yinlarda har bir vaziyatdan samara chiqarish lozim. Aks holda raqib jazolab kyetishi hech gap emas. O'ylaymanki, kamida durangga munosib edik. Har holda yomon o'yin ko'rsatganimiz yo'q. Agar chetlatish bo'lmaganida, balki o'yinni o'z foydamizga hal qilishimiz mumkin edi. 

Penaltini qaytarganim, o'yindagi seyvlar hech narsani anglatmaydi. Chunki jamoa mag'lubiyatga uchradi. Hali juda ko'p ishlashimiz kerak. Yosh futbolchilarimizga tajriba yetishmadi. Tajriba shunday o'yinlarda orttiriladi", - deydi Prekovich.




AlisherMuallif
Manba: championat.asia