"Milan" vingeri APL klubiga o'tdi

Mirjalol Normatov
22 avg 2025
"Lids" matbuot xizmati Noa Okaforning "Milan"dan sotib olinganligini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, ingliz klubi qanot hujumchisi uchun 19 million evro to'ladi. Okafor "Lids" bilan 2029 yilgacha mo'ljallangan shartnomaga qo'l qo'ydi.

25 yoshli shveytsariyalik futbolchi o'tgan mavsumda "Napoli" tarkibida ikkinchi davrada ijara asosida o'ynadi va 4 o'yinda ishtirok etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: leedsunited.com