"Milan" va "Yuventus" "Monpele" hujumchisiga ko'z tikkan

Omonjon To`xtamirzayev
5 iyun 2023, 12:17
"Monpele" hujumchisi Sepe Vaxi Italiya top-klublari e'tiboriga tushdi.

"Monpele" forvardi Sepe Vaxi Italiyaning "Milan" va "Yuventus" klublari diqqat markazida bo'lib turibdi. Ortda qolgan mavsum Fransiya chempionatining 33 o'yinida maydonga tushgan futbolchi 19 ta gol urdi. Turinliklar Sepi jamoadan kyetishi kutilayotgan Dushan Vlaxovichga o'rinbosar bo'la oladi deb hisoblashmoqda.

Eslatib o'tamiz, yakuniga etgan mavsumda "Monpele" 12-o'rinni egalladi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: soccer.ru