"Milan" va "Byornli" Gruziya terma jamoasi hujumchisini sotib olmoqchi.

Omonjon To`xtamirzayev
26 may 2023
Jorj Mikautadze Fransiyaning "Mec" klubi sharafini himoya qiladi.

"Milan" Gruziya terma jamoasining 22 yoshli forvardiga qiziqib qolgan. Italiya klubi Mikautadze uchun "Mec"ga 10 million evro berishga tayyor.

Futbolchiga shuningdek, "Bernli" ham qiziqish bildirmoqda. Chempionship g'olibi yangi mavsumda APLda ham ijobiy natija ko'rsatish niyatida va shu maqsadda yangi futbolchilarni izlamoqda.

Jorj joriy mavsum "Mec" safida chempionatning 35 uchrashuvida maydonga tushgan va 23 ta gol, 8 ta assist qayd etgan. Chempionat yakunlanishiga hali 2 tur bor.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: soccer.ru