"Milan" "Tottenxem"dan futbolchi xarid qiladi

6 dek 2020, 22:20
"Tottenxem" himoyachisi Davinson Sanches faoliyatini A Seriyada davom ettirishi kutilmoqda.

The Sun xabariga ko'ra, 24 yoshli futbolchiga yanvar oyida jamoaning mudofaa chizig'ini kuchaytirishni maqsad qilgan "Milan" rahbariyati qiziqib qolgan. Sanches "rossonerilar"ning asosiy transfer maqsadi hisoblanadi. London klubi himoyachini sotishga qarshi emas, chunki Sanches "shporlar" bosh murabbiyi Joze Mourinyoning rejalari doirasiga kirmaydi.


Manba: The Sun