"Milan" Taarabtni jamoaga qaytarmoqchi

Aziz Tukhtamuradov
27 okt 2014, 20:31
Adel Taarabt qishgi transfer oynasi vaqtida "Milan"ga qaytishi mumkin.
Daily Mirror nashrining xabar qilishicha, KPR va milanliklar o'rtasida muzokaralar boshlangan. Londonliklar afrikalik futbolchini sotishga tayyorlar.

Eslatib o'tamiz, futbolchi o'tgan mavsumni ijara asosida "Milan"da o'tkazgandi. Yozda esa tomonlar futbolchining transferi bo'yicha bir qarorga kela olmagandilar.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: euro-football.ru