"Milan" Emirates bilan shartnomasini 6 yilga uzaytirdi

Sherzod Nurmatov
16 dek 2022, 16:12
Hamkorlik 15 yildan buyon davom etmoqda.

"Milan" titul homiysi Emirates bilan yangi shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

"Tuttosport" xabariga ko'ra, "rossoneri" va BAA aviakompaniyasi 175 million evro (mavsum uchun 30-35 million) miqdoridagi shartnomani 2028 yilgacha uzaytirdi.

Avvalgi kelishuvga ko'ra, "Milan" Emirates'dan yiliga 14,5 million evro olib kelayotgandi.

O'zaro hamkorlik 15 yildan beri davom etib kelayotgani diqqatga sazovor.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: acmilan.com