Michel Salgado: "Eron - ayyor jamoa"

Xayrulla Xoliqov
12 may 2018, 12:48
O'z paytida "Real Madrid" safida to'p tepgan qanot himoyachisi Michel Salgado Eron terma jamoasi haqida fikr bildirdi.

Ma'lumki, JCH-2018da Eron o'z guruhida Ispaniyaga qarshi bahs olib boradi va bu o'yin 20 iyun kuni Qozonda bo'lib o'tadi. Ispaniyalik sobiq futbolchi guruhdagi raqiblar borasida shunday dedi:

- "Ispaniya juda murakkab guruhga tushdi. Guruhimizda Portugaliya, Eron va Marokash bor. Birinchi uchrashuvni Portugaliyaga qarshi o'tkazamiz. Yutqazgan jamoa keyingi ikkita bahsda katta bosimga duch keladi. Eron ham, Marokash ham qulay raqiblar sirasiga kirmaydi".

- "2-turda Eronga qarshi o'ynaymiz, aytishim mumkinki, Eron juda ayyor jamoa. Ularda kuchli murabbiy bor. Marokash saralashning oxirgi bosqichida birortayam to'p o'tkazmadi, demak ulardan ham ehtiyot bo'lish kerak. Lekin Portugaliya bilan bo'ladigan birinchi o'yin muhim ahamiyatga ega bo'ladi. O'ylashimcha, biz o'yin tomonlama portugallardan kuchlimiz va ularni bemalol mag'lub eta olamiz".


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: tehrantimes.com