“Metallurg" PFK bayram munosabati bilan xotin-qizlarni tabrikladi

Alisher Ostonov
7 mar 2026
“Metallurg” bayram oldidan nozik xilqat vakilalarini tabriklash maqsadida maxsus tadbir uyushtirildi.

“Metallurg” futbol klubida, klub akademiyasi va markaziy stadionida, U-19 jamoasi to'p tepadigan “A.Anoxin” nomidagi stadion xodimlari, oshxona, tibbiyot markazida, sport bazasida mehnat qilib, klub faoliyati rivojiga hissa qo'shayotgan ayollar bayram bilan tabriklandi.

 8 mart - “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan “Metallurg” PFKda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarga alohida e'tibor va ehtirom ko'rsatilib, ularga bayram sovg'alari topshirildi.

Tadbir davomida “Metallurg” PFK  bosh direktori Ulug'bek Mirzaev jamoada samarali faoliyat olib borayotgan barcha xotin-qizlarni samimiy muborakbod etib, ayollarning klub rivojidagi beqiyos o'rni, shuningdek, yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashdagi muhim hissasini alohida ta'kidlab, fidokorona xizmatlari uchun minnatdorlik bildirdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: "Металлург" матбуот хизмати