Messining ushbu rasmi mashhur bo'lib ketdi

Mirjalol Normatov
20 iyun 2019
Argentina - Paragvay (1:1) uchrashuvidan olingan ushbu kadr internetda mashhur bo'lib ketmoqda.

Unda o'yinning 90+4-daqiqasida Leo Messi hujum uyushtirishga urinayotgani, unga yordam berishi kutilayotgan 2 sherigi hamda hujumga qarshilik qilishi mumkin bo'lgan 8 nafar paragvaylik tasvirlangan.

Balki, Messining termadagi omadsizligini shunday ko'rsatish mumkindir?


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mirror